Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qo‘shma Shtatlar Venesuela rahbariyatiga qarshi yana kuch ishlatishga tayyor

Qo‘shma Shtatlar Venesuela rahbariyatiga qarshi yana kuch ishlatishga tayyor

Qo‘shma Shtatlar Venesuela rahbariyati hamkorlik qilishdan bosh tortsa, unga qarshi yana kuch ishlatishga tayyor, deya fikr bildirdi Marko Rubio.

AQSh davlat kotibi Marko Rubio bu haqda Senatning Xalqaro munosabatlar qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan tinglovida ma’lum qildi.

"Agar boshqa usullar samara bermasa, kuch ishlatishga tayyormiz. Umid qilamizki, vaziyat bu darajagacha bormaydi. Ammo biz Amerika xalqi va ushbu yarimshardagi missiyamiz oldidagi burchimizdan voz kechmaymiz," — deya ta’kidladi Rubio.

Davlat kotibi, shuningdek, Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges mamlakat energetika sektorini Amerika kompaniyalari uchun ochishga, ularga neft qazib olishda imtiyozli foydalanish imkoniyatini berishga va uni sotishdan tushgan daromadni AQSh mahsulotlarini sotib olishga yo‘naltirishga va’da berganini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 12:15. O'qildi: 535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!