"AQSh Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida na diplomatik darajada, na prezident darajasida ishtirok etadi", — deya bayonot berdi Marko Rubio.
Uning aytishicha, bu qaror asosan Qo‘shma Shtatlar va Janubiy Afrika o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar bilan bog‘liq.
Oq uy Janubiy Afrika tomonidan amalga oshirilayotgan siyosatdan rozi emas, u AQSh prezidenti ma’muriyatining ustuvor yo‘nalishlarini aks ettirmaydi", — deya izoh berdi Rubio.
AQSh Davlat kotibi fevral oyi boshidayoq Yoxannesburgdagi G20 sammitiga bormasligini bildirgan edi.
May oyining o‘rtalarida The Washington Post nashri AQSh G20 sammitiga tayyorgarlikni to‘xtatganini aniqlagandi. Prezident Donald Tramp Janubiy Afrikani oq tanlilarga qarshi genosidda ayblab, “agar bu muammo hal qilinmasa, sammitni qatnashmasligini” aytgan edi.
19—22 may kunlarida Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa Qo‘shma Shtatlarga ishchi tashrif bilan borishi va Donald Tramp bilan uchrashishi rejalashtirilgandi. Bloomberg agentligining xabar berishicha, Ramafosaning maslahatchilari uni "Zelenskiy bilan Oq uyda bo‘lgan kabi ziddiyat yuzaga kelishi" mumkinligidan ogohlantirishgan.