Agentlik bu haqda AQSh Koinot kuchlariga tayanib xabar bermoqda.
"To‘qnashuvlarning dastlabki bosqichida Xitoy va Rossiya sun’iy yo‘ldoshlarini to‘sish uchun mo‘ljallangan quroldagi texnik muammolar bartaraf etildi. Qurol kelgusi yilda ya’ni avval rejalashtirilganidan ikki yil kechroq taqdim etilishi kutilmoqda", deyiladi xabarda.
Meadownlands deb nomlanuvchi tizimning ishlashi haqida 2020 yilda xabar berilgan, yangi model zamonaviy dasturiy ta’minot va ilg‘or imkoniyatlarga ega bo‘lib, 2022 yil oktabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan edi.
"AQSh Koinot kuchlari 2025 yilning yanvar-mart oylarida 32 ta qurolning jangovar tayyorgarligini baholashni rejalashtirmoqda" , deya xabar beradi Bloomberg.