Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor fuqaro T.M.dan undiruvchi M.R. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirilishi belgilangan.
Ijro hujjati bo‘yicha qarzdor T.M. shu kunga qadar aliment pullarini kam miqdorda to‘lab kelganligi oqibatida qarzdorlik 27 mln. so‘mga yetgan.
Majburiy ijro byurosi Qo‘shko‘pir tumani bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan, puli yo‘qligini bahona qilib kelgan.
Shundan so‘ng, davlat ijrochisi qarzdor T.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka doir ish hujjatlarini to‘plab, sudga taqdim qilgan.
Ma’muriy qamoq jazosidan qo‘rqqan otadan 27 mln. so‘m naqd pullar voyaga yetmagan farzandning bir necha oylar davomida to‘lanmasdan kelinayotgan aliment pullari to‘liq undirib berildi.