Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Jota va uning ukasi mashina ichida yonib ketgan

Jota va uning ukasi mashina ichida yonib ketgan

"Liverpul" hujumchisi Diogu Jota avtohalokat sabab vafot etgan xabar berilgandi. Ushbu voqea tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi Diogu Jota, 28 yosh, hozirda "Liverpul" futbol klubida o‘ynayotgan, hamda uning ukasi Andre, "Penyafil" klubining futbolchisi, ikki nafar yosh yigit baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lishgan. Voqea chorshanba kuni yarim tundan so‘ng A-52 trassasining 65-kilometrida, Sernadilya hududida sodir bo‘lgan.

Kastiliya va Leonning 1-1-2 operativ bo‘limiga voqea haqida bir nechta qo‘ng‘iroqlar tushgan: mashina yo‘ldan chiqib ketib, yonib ketgan.

Hodisa joyiga yo‘l-patrul xodimlari, Samora viloyati yong‘in brigadasi, hamda sog‘liqni saqlash favqulodda vaziyatlarni muvofiqlashtirish markazi vakillari yetib kelgan. Shu jumladan, tez tibbiy yordam bo‘limi va Mombusiya tibbiy markazining dastlabki tibbiy yordam xodimlari ham safarbar etilgan. Ular ikki yosh yigitning voqea joyida yonib ketib, halok bo‘lganini tasdiqlashgan".

Kiritildi: 16:57 03.07.2025. O'qildi: 2405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!