Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

“Qo‘rqma” kitobida ko‘plab xatolar, haqiqatga mos kelmaydigan ma’lumotlar, behayo lavhalar aniqlandi (FOTO)

“Qo‘rqma” kitobida ko‘plab xatolar, haqiqatga mos kelmaydigan ma’lumotlar, behayo lavhalar aniqlandi (FOTO)

Xabar berilishicha, yaqindagina kitobsevarlar orasida mashxur bo‘lib, ko‘pchilik mushtariylar tomonidan muhokama qilingan “Qo‘rqma” nomli kitob monitoringdan o‘tkazilgan. Bu haqda "human.uz" yozmoqda.

Hatto taniqli blogerlar va boshqa jamoatchilik vakillari ham ijtimoiy tarmoqlarda ushbu kitob to‘g‘risida o‘z fikrlarini o‘rtoqlashgan edi.

Monitoring natijalariga ko‘ra “Qo‘rqma” kitobi sahifalarida ko‘plab imloviy, uslubiy xatolar hamda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, noto‘g‘ri ma’lumotlar, o‘quvchi ongiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan lavhalar mavjudligi aniqlandi.

Xususan, mazkur kitobda o‘quvchi ongiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan quyidagi lavhalar berilgan:

— “He, sening onangni...” – tuproqni tepib-tepib, so‘kib-so‘kib katta bo‘ldik” (6-bet).

— “Uyg‘otmoqchi bo‘ldim yaylovda uxlayotgan olomonning ketiga tepib, yelkasidan turtib: “Hoy, baraka topkurlar, turinglar, qo‘ylaring boshga ko‘tardi-ku vokzalni!” (9-bet).

— “Momom sariq gulli ko‘ylakda edi. G‘ingshiyverganimdan husayni uzumiday cho‘ziq boshli, quruq emchagini og‘zimga solib qo‘ydi” (16-bet).

— “Bizda esa bunday ayollar bir vaqtlar edi serob, men sizning tushingizni buzaman bokiralikni buzgani kabi erlaringiz” (23-bet).

— “Bari xotinning ustiga sakrashdan boshqaga yaramaydi” (28-bet). 6. “Sigirlarday buqani bir yil kutib yashash bu!” (29-bet).

— “Talabalarni sotgan xoinlarning esa mamasiga temircha taqib, talabalarining qonidan nishlab qolgan paxtani chopiq qilishga yuborishadi” (30-bet).

—“Erkaklar: “Ko‘ylaging o‘ralgan belingdan, akang!” – deya alamidan xotinini o‘sha kech qo‘ymay chiqishar, xayolda esa mehmon xonim bilan edi” (47-bet).

/media/in_content_images/photo_2021-07-30_12-53-05.jpg_image

O‘zbekiston

Kiritildi: 13:38 30.07.2021. O'qildi: 5814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!