Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

"Qur’on"ni yoqqan shvesiyalik siyosatchi yana namoyish o‘tkazmoqchi

"Qur’on"ni yoqqan shvesiyalik siyosatchi yana namoyish o‘tkazmoqchi

Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi yaqinida "Qur’on"ni yoqib yuborgan siyosatchi Rasmus Paludan yangi namoyishlar uchun ariza berdi, deb yozadi Shvesiyaning Expressen gazetasi.

Qayd etilishicha, Paludanning shov-shuvli harakati Shvesiya rasmiylari tomonidan ruxsat etilgan va polisiya nazoratiga o‘tgan. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, u "Qur’on"ni yoqib yuborganiga javoban bunday ommaviy norozilik bo‘lishini kutmagan edi. Shu bilan birga, u qilmishidan afsusda emasligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 21 yanvar kuni Stokgolmda muqaddas kitobni yoqish bilan bog‘liq aksiya bo‘lib o‘tdi. Paludan o‘z nutqida NATO, Turkiya va Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni tanqid qilib, Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) karikaturasini ko‘rsatdi.

Shu bilan birga, Shvesiya Bosh vaziri Ulf Kristersson bu harakatni musulmonlarga nisbatan hurmatsizlik, deb atadi.

Kiritildi: 17:44 23.01.2023. O'qildi: 6749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!