Bugun 19 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Qur’on matnlarini o‘rganishda sun’iy intellektdan foydalanish rejalashtirilmoqda

Qur’on matnlarini o‘rganishda sun’iy intellektdan foydalanish rejalashtirilmoqda

Loyiha maqsadi sun’iy intellekt yordamida matnlarni chuqur tahlil va talqin qilish, raqamli arxivlar va interaktiv ta’lim vositalarini yaratishdan iborat.

Asosiy jarayonlar matnlarni raqamlashtirish, elektron o‘rganish usullarini qo‘llash, ma’lumotlar bazalarini yaratish va ta’lim dasturlarini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, shaxsiy kutubxona va kolleksiyalarda saqlanayotgan Qur’onning nodir qo‘lyozmalari reestrini shakllantirish, Amir Temur uchun yaratilgan Qur’on qo‘lyozmasini qo‘lda qayta ko‘chirish kabi ishlar amalga oshiriladi.

Bu haqda 18-26 oktyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan madaniy meros haftaligi doirasida batafsil ma’lumot berilishi ko‘zda tutilmoqda.

Umuman olganda, ushbu tadbirda ko‘plab qiziqarli mavzular, jumladan, xattotlik san’ati festivali, Ipak Yo‘li haqida videoo‘yin va allomalar qo‘lyozmalarini tadqiq etish kabilar muhokama qilinadi.

Kiritildi: 23:20 18.10.2024. O'qildi: 267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!