Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Qurolli Kuchlar akademiyasiga Konfusiy instituti o‘qituvchilari tashrif buyurdi

Qurolli Kuchlar akademiyasiga Konfusiy instituti o‘qituvchilari tashrif buyurdi

O‘zbekistonning bugungi kunda olib borayotgan ochiq va faol tashqi siyosati dunyoning yetakchi mamlakatlari bilan barcha sohalarda, ayniqsa, ta’lim yo‘nalishidagi hamkorlikda ko‘proq o‘z aksini topmoqda.

Shunga monand, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi ham dunyoning nufuzli oliy ta’lim markazlari va harbiy akademiyalari bilan faol hamkorlik olib borayotir.

Xitoy, Rossiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Turkiya kabi davlatlardan tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan harbiy ta’lim tizimini takomillashtirish, o‘qituvchilarni zamonaviy metodika va ta’lim standartlari bilan tanishtirish bo‘yicha qator mahorat darslari va mashg‘ulotlar o‘tkazilyapti. Bu esa akademiya professor-o‘qituvchilari, tinglovchi va kursantlarning bilim saviyasi va dunyoqarashining yanada o‘sishi, bugungi globallashuv davrida ularning zamonaviy qarashlarini to‘g‘ri shakllanishiga xizmat qilmoqda.

Akademiyada shu kunga qadar ko‘plab xalqaro tillar o‘qitilib kelinar edi. Endilikda bu tillar ro‘yxatiga xitoy tili ham qo‘shiladigan bo‘ldi. Shu munosabat bilan Xitoy xalq respublikasining yurtimizdagi elchixonasi vakillari va Konfusiy instituti o‘qituvchilari akademiyaga tashrif buyurdi. Ular ishtirokida ochilajak o‘quv kursining tartib-taomili, davriyligi va ahamiyatiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar Qurolli Kuchlar akademiyasi bilan yaqindan tanishdi va yurtimizning oliy harbiy ta’lim tizimiga munosib baho berishdi.

Islomjon QO‘CHQOROV,

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kiritildi: 13:01 08.10.2019. O'qildi: 1884 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!