Bugun 13 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Qurilishda ishlayotgan o‘zbekistonlik Rossiyada baxtsiz hodisa sabab vafot etdi

Qurilishda ishlayotgan o‘zbekistonlik Rossiyada baxtsiz hodisa sabab vafot etdi

Joriy yil 1 oktyabr kuni Rossiyaning Arxangelsk viloyatida 22 yoshli o‘zbekistonlik ko‘p qavatli turar-joy qurilishida ishlayotgan vaqtda vafot etdi.

Marhum yigit qurilayotgan binoning tashqi tomoni bo‘ylab beshinchi qavatdan yuqori qavatga qurilish asboblarini ko‘tarib chiqayotgan vaqtda qulab tushgan.

«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ishchi qurilayotgan binoning tashqi tomoni bo‘ylab qurilish asboblarini beshinchi qavatdan oltinchi qavatga ko‘tarayotgan bo‘lgan. U muvozanatni yo‘qotib, beshinchi qavatdan beton plita ustiga qulagan», — deyiladi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi xabarida.

Arxangelsk viloyati mintaqalararo hududiy mehnat inspeksiyasi bu ushbu mintaqadagi qurilish ob’ektlarida so‘nggi ikki hafta ichida sodir bo‘lgan uchinchi baxtsiz hodisa. Mehnat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Aleksandr Nazarov voqeani o‘rganish va tahlil qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda voqea joyiga chiqilganini ma’lum qilgan.

Manba: git29.rostrud.gov.ru

Kiritildi: 14:22 09.10.2025. O'qildi: 977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!