Bugun 28 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qurilish maydonidagi daraxtlarga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi

Qurilish maydonidagi daraxtlarga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi

Prezident 21 noyabr kuni qonun hujjatlariga o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlarni imzoladi.

O‘z hududida binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chog‘ida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qo‘llagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirganlik, payhon qilganlik yoki yo‘q qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi: binolarni, inshootlarni yoki boshqa ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chog‘ida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qo‘llagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish yoki yo‘q qilish fuqarolarga BHMning 35 baravaridan 50 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 60 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘zgartirishlar daraxtlar va butalarni yo‘q qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni bartaraf etishga, shuningdek, qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:51. O'qildi: 148 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!