Evropa Fransiyaning 96 departamentidan 67 tasida qurg‘oqchilik inqirozi yuzaga keldi.
Bu haqda BFMTV telekanali xabar berdi.
Eng og‘ir vaziyat mamlakat g‘arbidagi Vende, Sharante va Sharante-Maritime departamentida va sharqdagi Kot-d'Orda kuzatilmoqda.
Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiyadagi kichik daryolar va soylarning 43 foizi allaqachon qurib qolgan yoki qurib qolish arafasida. Bu misli ko‘rilmagan ko‘rsatkich.
BFMTV vaziyatni g‘ayrioddiy issiq iyul oyi va 70 foizga yetgan yog‘ingarchilik tanqisligi bilan bog‘laydi. Sinoptiklar alohida momaqaldiroq bo‘lishi mumkinligiga qaramay, quruq ob-havo davom etishini bashorat qilmoqda.