Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Qo‘rg‘ontepa tumanida fuqarolarning o‘qishini ko‘chirib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

A A A
Qo‘rg‘ontepa tumanida fuqarolarning o‘qishini ko‘chirib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. firibgarlik yo‘li bilan o‘zgalar mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, fuqarolar B.M. va I.I.larning O‘sh universitetidagi o‘qishini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Andijon davlat universitetiga ko‘chirib berishni 1 800 AQSh dollariga kelishib, shundan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:18 02.04.2022. O'qildi: 3071 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!