Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Qo‘qondagi xonadon portlagani va butunlay qulab tushgani tasdiqlanmadi. Aslida, nima bo‘lgandi?

Qo‘qondagi xonadon portlagani va butunlay qulab tushgani tasdiqlanmadi. Aslida, nima bo‘lgandi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qondagi xonadonda gaz portladi, uy butunlay qulab tushdi, shu atrofdagi o‘n beshga yaqin xonadonga esa turli darajada talafot yetdi, mazmunidagi xabarlar tarqalgandi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, aslida hech qanday portlash va chaqnash hodisalari sodir bo‘lmagan.

Aynan aytib o‘tilgan manzilda joriy yilning 1 fevral kuni soat 18:24 da Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar «64-sonli Saodat» MFY Otabek noib ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 18:27 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 18:32 da qurshab olingan va soat 18:42 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida xonadonning 60 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida yong‘indan uyning 100 kv.m maydoni saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida qo‘shni xonadonlarga ziyon yetmagan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Kiritildi: 09:31 02.02.2022. O'qildi: 2551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!