Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Qo‘qon shahrida taqiqlangan vositani yonida saqlagan shaxs aniqlandi

Qo‘qon shahrida taqiqlangan vositani yonida saqlagan shaxs aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida 2022 yilning 21 iyul kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Turkiston ko‘chasi 4-uy oldida o‘zini shubhali tarzda tutganligi uchun yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, «gashish» giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sog‘lig‘ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Kiritildi: 16:16 02.08.2022. O'qildi: 2212 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!