Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Qo‘qon shahrida Koreyaning ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida “Hanshin Park City” shaharchasi barpo etishga kirishilmoqda

Qo‘qon shahrida Koreyaning ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida “Hanshin Park City” shaharchasi barpo etishga kirishilmoqda

Qo‘qon shahrida Koreyaning ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida “Hanshin Park City” shaharchasi barpo etishga kirishilmoqda

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreyaning “Hanshin Engineering & Construction Co Ltd.” rahbari Choy Mun Kyu boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Xabaringiz bor, joriy yilning mart oyida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg‘ona viloyati delegasiyasi Koreya Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida Sejong shahrida bo‘lib, “Hanshin Engineering & Construction Co Ltd.” kompaniyasi tomonidan qurilayotgan hamda qurib foydalanishga topshirilgan turar-joy majmualari bilan tanishgandi. Shuningdek, Seuldagi “Hanshin Engineering & Construction” kompaniyasi markaziy ofisida bo‘lib, Qo‘qon shahrida “Hanshin Park City” shaharchasini barpo etish bo‘yicha qiymati 250 million dollarlik investision kelishuv imzolangandi.

(https://t.me/fvhokimligi/10086)Bugungi tashkil etilgan uchrashuvda ushbu kelishuvlarga asosan, Qo‘qon shahrida “Hanshin Park City” shaharchasini barpo etish ishlarini yaqin kunlarda boshlash masalalari muhokama qilindi.

Kelishuvga ko‘ra, Koreya kompaniyasi Qo‘qon shahrida 9, 12 va 16 qavatli 5122 xonadondan iborat 127 ta ko‘p qavatli turar-joy binosi, taunxauslar, markaziy park, maktab, bolalar bog‘chasi va boshqa zarur ijtimoiy ob’ektlardan iborat “Hanshin Park City” shaharchasini barpo etadi. Turar-joylarning podval qismida 5000 dan ziyod avtomobillar uchun yerosti avtoturargohlari o‘rin oladi.

Kiritildi: 11:39 24.05.2022. O'qildi: 2295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!