Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Qo‘qon sari yo‘l olgan “xavfli yuk” o‘z vaqtida to‘xtatildi

Qo‘qon sari yo‘l olgan “xavfli yuk” o‘z vaqtida to‘xtatildi

🚨 Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona va Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Jumladan, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1994 va 2002 yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs o‘zlarining tanishi bo‘lgan – Qo‘shtepa tumanida istiqomat qiluvchi, 2001 y.t. fuqaroning “Jentra” rusumli avtomashinasida Farg‘ona tumaniga borib, qo‘shni respublikadan mamlakatimiz hududiga noqonuniy o‘tkazilgan 11 650 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini qabul qilib olishgan.

So‘ngra Qo‘qon shahriga qaytib ketayotganlarida tezkor guruh tomonidan Uchko‘prik tumani hududida to‘xtatilgan vaqtlarida, ular avtomashinadan dori vositalarini uloqtirib, voqea joyidan qochmoqchi bo‘lishgan. Lekin, rejalari amalga oshmagan.

Aniqlanishicha, qonunbuzarlar bu turdagi dorilarni Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida yashovchi shaxslarga sotish bilan shug‘ullanib kelishgan.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 07:10. O'qildi: 700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!