Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

"Qulay shartlarda avtomobil": 9 fuqaro 843 nafar fuqaroni umumiy 50,1 mld. so‘mga chuv tushirdi

"Qulay shartlarda avtomobil": 9 fuqaro 843 nafar fuqaroni umumiy 50,1 mld. so‘mga chuv tushirdi

Ma’lum qilamizki, suratda tasvirlangan bir guruh fuqarolar past foizda (6-12%) avtomashina sotib olish niyatidagi fuqarolarga istalgan turdagi avtomashinani yetkazishi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlardagi targ‘ibot orqali Toshkent shahri va respublikaning turli nuqtalarida (Andijon, Namangan, Farg‘ona, Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari hamda Nukus shahrida) "Umid avto companies", “Umid Savdo Fayz Invest”, “Umid Avto Lizing”, “Umid Auto”, “Group Of Companies Ual”, “Umid Avto-Tashkent”, “Orient Auto”, “Umid Lizing Tashkent”, “Orient Avto-Lizing”, “Umid Auto Leasing”, “Group Of Orient Auto”, “Imkon Auto Xizmati”, “Umid Avto Companies”, “Busines Orientauto”, “Umid Auto Xizmati”, “Orient Auto Hamkor”, “Imkon Avto Markaz”, “Avtovariant”, “Ava Orientauto”, “Ava Umidavto”, “Avto Ijara Hizmati”, “Umid Auto Business Toshkent”, “Orient Auto Leasing”, “Orient Auto Toshkent”, “Ilgor Lizing” va “Orient Finans Lizing” kabi MCHJlarni tashkil etib, mijozlar bilan dastlab bo‘nak (avans) shartnomalarini tuzgan holda, 120 kun mobaynida avtomashina yetkazilishini va’da qilib, shartnoma shartlarini bajarmasdan, fuqarolardan kelib tushgan mablag‘larni o‘zlashtirish bilan shug‘ullanib kelganlar.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida 843 nafar fuqarolar jabrlanuvchi deb topilgan bo‘lib, umumiy 50,1 mld. so‘m zarar aniqlangan. Jamiyatlarga tegishli 339 dona transport vositalari xatlangan. Ishga aloqador 9 nafar shaxsga nisbatan ayblov e’lon qilinib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik Ramazon Ashropov boshchiligida tegishli mutaxassislar jalb etilgan holda Maxsus tezkor shtab tuzilgan bo‘lib, IIV Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti binosida har kuni soat 09:00dan 21:00ga qadar ish olib bormoqda.

Suratdagi shaxslarning jinoiy faoliyatidan xabardor bo‘lgan, shuningdek yuqoridagi MCHJlarning noqonuniy faoliyatidan jabrlangan fuqarolardan Tezkor shtabga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Kiritildi: 16:58 30.06.2025. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!