Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Quddusda terrorchilar avtobus yo‘lovchilarini otib tashladi: Kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Quddusda terrorchilar avtobus yo‘lovchilarini otib tashladi: Kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Bugun Quddusning shimolida qurollangan jangarilar avtobusga hujum qilib, yo‘lovchilarga o‘q uzishdi. Tez yordam xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan, yana 11 kishi jarohatlangan, ulardan ayrimlarining ahvoli og‘ir.

Hodisa shaharga kirish yo‘lida, Quddusning sharqidagi yahudiylar qishloqlariga olib boradigan yo‘lda sodir bo‘lgan. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, hujumni G‘arbiy sohildan kelgan ikki shaxs amalga oshirgan. Ular avtomat qurollardan foydalanishgan. Rasmiylar ma’lum qilishicha, hujumchilar «neytrallashtirilgan», ya’ni o‘ldirilgan yoki ta’sirsiz holga keltirilgan.

Isroil armiyasi va polisiyasi shaharga olib boradigan yo‘llarni yopib, hujum sodir bo‘lgan hududda keng ko‘lamli operasiya o‘tkazmoqda.

Kiritildi: 18:19 09.09.2025. O'qildi: 1992 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!