Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Qrim va rus qo‘shinlari nazoratidagi boshqa hududlar Rossiyaga tegishli deb tan olinadami?

Qrim va rus qo‘shinlari nazoratidagi boshqa hududlar Rossiyaga tegishli deb tan olinadami?

AQSh Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun Qrim va rus qo‘shinlari nazoratidagi boshqa hududlarni Rossiyaga tegishli deb tan olishga tayyor — The Telegraph.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp aynan shu maqsadda o‘zining maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kushnerni Rossiyaga yubormoqda. Ular Putinga tegishli kelishuvni taqdim etishi kerak.

"Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlari ustidan Moskva nazoratini tan olish rejasi Qo‘shma Shtatlarning diplomatik an’analarini buzuvchi qadamdir. Vashington ​​Evropadagi ittifoqchilarining xavotirlariga qaramasdan, shunday harakatni amalga oshirishi mumkin", deyiladi maqolada.

The Telegraph manbalari AQShning hududlarni Rossiyaniki deb tan olish bo‘yicha takliflari Jenevada Ukraina bilan kelishuvga erishilganiga qaramay, strategiyaning bir qismi bo‘lib qolganini taxmin qilmoqda.

Shuningdek, Yermak va Umerov dam olish kunlari Qo‘shma Shtatlarga borib, Trampning Mar-a-Lagodagi qarorgohida amerikalik rasmiylar bilan uchrashishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:46. O'qildi: 853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!