Bugun 28 sentyabr, 2022 yil, chorshanba

КИР

Qrim aerodromidagi portlashlar sababi e’lon qilindi

Qrim aerodromidagi portlashlar sababi e’lon qilindi

Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana 13 kishi, jumladan, ikki bola shrapnel jarohatlari olgan.

Qrimdagi Saki aerodromidagi favqulodda holatning asosiy sababi yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi, deb ma’lum qildi RIA "Novosti"ga Rossiya harbiy boshqarmasidagi manba.

"Saki aerodromida bir nechta o‘q-dorilarning portlashiga asosiy sabab sifatida faqat yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishi ko‘rib chiqilmoqda. Tashqi ta’sir ko‘rsatilgani haqida hech qanday alomatlar, dalillar va bundan tashqari, o‘q-dorilarga qasddan zarba berish faktlari yo‘q. Bu aniq" - dedi agentlik suhbatdoshi.

Seshanba kuni ertalab Qrimning Novofedorovka qishlog‘i yaqinida portlashlar sodir bo‘lgan edi. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in oqibatida aviasiya o‘q-dorilarining portlashi sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana 13 kishi, jumladan, ikki bola shrapnel jarohatlari olgan.

Viloyat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, zarur yordam ko‘rsatilgandan so‘ng olti nafar jabrlanuvchi uylariga jo‘natilgan. Viloyat rahbari maslahatchisi Oleg Kryuchkovning so‘zlariga ko‘ra, aerodromga tutash uylardan 30 kishi evakuasiya qilingan, ular pansionat va mehmonxonalarga joylashtiriladi.

Kiritildi: 13:10 10.08.2022. O'qildi: 5258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!