Bugun 8 may, 2026 yil, juma

КИР

Qozonda qidiruvdagi o‘zbekistonlik “milliarder” qo‘lga olindi

A A A
Qozonda qidiruvdagi o‘zbekistonlik “milliarder” qo‘lga olindi

Xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik Viktor Kim Qozonda qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar qilmoqda.

“O‘zbekistonda u 162 milliard rubl ekvivalenti miqdorida yetkazilgan zarar bilan bir qator jinoyatlarda ayblanmoqda”, - deyilgan xabarda.

Bugun, 11 fevral kuni sud prokurorning 2019 yil oktyabr oyida hibsga olingan 32 yoshli Viktor Kimga qamoqda saqlash muddatini uzaytirish haqidagi iltimosnomasini ko‘rib chiqadi.

Qayd etilishicha, Kimga nisbatan sirtdan ayblov Toshkent shahrining jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi tomonidan 2016 yil may oyida e’lon qilingan. U firibgarlik, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash va jinoiy daromadni legallashtirish, shuningdek, savdo qoidalarini buzish hamda qalbaki shtamplar tayyorlashda ayblanmoqda.

Xabarda og‘ir jinoyatlarni sodir etishda ayblayotgan xorijlikni berish so‘rovi Rossiya Bosh prokuraturasiga kelib tushgani qo‘shimcha qilingan.

 

Kiritildi: 15:59 11.02.2020. O'qildi: 5984 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!