Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Qozog‘istonlik qutqaruvchilarning ikkinchi guruhi Turkiyaning Gaziantep shahriga yetib bordi

Qozog‘istonlik qutqaruvchilarning ikkinchi guruhi Turkiyaning Gaziantep shahriga yetib bordi

Qozog‘istonlik qutqaruvchilarning ikkinchi guruhi Turkiyaning Gaziantep shahriga yetib bordi, deya xabar beradi Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

«Hozirda texnika va xodimlarni tushirish ishlari olib borilmoqda. Shundan so‘ng yangi kelgan qutqaruvchilar uchun qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish uchun hududlar aniqlanadi», — deyiladi xabarda.

Ikkinchi guruh 60 kishidan iborat bo‘lib, ular orasida Shoshilinch tibbiy yordam markazining qutqaruvchilari, Tabiiy ofatlar tibbiy markazi shifokorlari, kinologlar bor.

Kiritildi: 23:46 08.02.2023. O'qildi: 2237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!