Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Qozog‘istonga tovuq tuxumini olib kirish vaqtincha taqiqlandi

Qozog‘istonga tovuq tuxumini olib kirish vaqtincha taqiqlandi

Qozog‘iston Respublikasi hududiga tovuq tuxumlarini olib kirishga olti oy muddatga vaqtinchalik taqiq joriy etildi. Bu haqda mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar bermoqda.

Tartib bugun, 9 apreldan kuchga kirdi. «Bahor-yoz mavsumida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida oziq-ovqat tuxumi importiga vaqtinchalik taqiq joriy etildi», — deya taqiq sababini ochiqladi vazirlik.

Shu bilan birga, cheklov tovuq tuxumlarini Qozog‘iston hududi orqali tranzit qilish, shuningdek, ularni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bir davlat hududidan Qozog‘iston orqali ittifoqqa a’zo boshqa davlat hududiga olib o‘tishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

«Ma’lumki, ushbu davrda tuxumga bo‘lgan talabning pasayishi kuzatiladi, bozor ehtiyojlari sanoat ishlab chiqarishi va uy xo‘jaliklari mahsulotlarining bozorda faol ishtirok etishi hisobiga to‘liq qoplanadi. Mazkur omil parrandachilik fabrikalari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, tuxum narxi pasaymoqda. Narxning tannarxdan pasayishi korxonalarning rentabelligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, ushbu davrda tuxumlarni saqlash muddatlari qisqaradi, shu bilan birga, texnologik xususiyatlar tufayli tuxum ishlab chiqarish hajmi kamaymaydi, bu esa omborlarda tovar to‘planishiga olib keladi.

Ko‘rsatilgan omillarni hisobga olgan holda, Tashqi savdo siyosati masalalari bo‘yicha idoralararo komissiyada Qozog‘iston hududiga tovuq tuxumlarini olib kirishga vaqtinchalik cheklov choralarini belgilash maqsadga muvofiqligi ma’qullandi, deyiladi vazirlik xabarida.

Kiritildi: 11:22 10.04.2025. O'qildi: 857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!