Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Qozog‘istondan O‘zbekistonga 500 bosh sayg‘oq olib kelish rejalashtirilmoqda — Aziz Abduhakimov

A A A
Qozog‘istondan O‘zbekistonga 500 bosh sayg‘oq olib kelish rejalashtirilmoqda — Aziz Abduhakimov

2025 yil iyul oyida G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida sayg‘oq populyasiyasini nazorat qilish bo‘yicha rasmiy dastur boshlangan edi. Ushbu dastur doirasida 2,3 milliondan ortiq boshdan 460 minggacha sayg‘oqni nazoratli tarzda kamaytirish rejalashtirilgan.

🌿 O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ushbu imkoniyatdan foydalanib, Qozog‘istondan sayg‘oqlarning bir qismini O‘zbekistonga olib kelish tashabbusini ilgari surdi.

🔊 Vazir Aziz Abduhakimov ushbu tashabbus bo‘yicha quyidagicha izoh berdi:

“Biz Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya vazirligi bilan hamkorlikda 500 bosh yosh sayg‘oqni O‘zbekistonga olib kelishni rejalashtirganmiz. Mutaxassislarimiz ularning mahalliy muhitga moslashuvini o‘rganadi. Bu kamyob turni saqlab qolish yo‘lida muhim qadamlardan biridir.”

Ushbu tashabbus O‘zbekistonda bioxilma-xillikni tiklash va noyob hayvonot turlarini asrab-avaylash yo‘lida katta ahamiyatga ega!

Kiritildi: 19:46 20.07.2025. O'qildi: 896 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!