Qozog‘istondan 10 nafar ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar qaytarildi.
Qayd etilishicha, bolalarga Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari hamrohlik qilgan.
Ayni paytda ular Toshkent shahar IIBB qoshidagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi.
Yaqin kunlarda 8 nafar bola Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yo‘l oladi va u yerda oila a’zolari va yaqin qarindoshlariga topshiriladi.