Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, 16 oktyabr kuni Qozog‘istonning Mang‘istau oblastidagi YTHda halok bo‘lgan 6 nafar O‘zbekiston fuqarolarining 2 nafari voyaga yetmagan bolalar. Bundan tashqari, YTHda jabrlanib shifoxonaga tushgan 4 kishidan 2 nafari ham bolalar.
Ular Rossiyadan O‘zbekistonga 10 kishilik minivenda qaytayotgan bo‘lgan. Aqtaudagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi vaziyatni nazoratga olgan.