Bugun 22 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Qozog‘istondagi siyosiy islohot prezident hokimiyatini kuchaytirib, muxolifat imkoniyatlarini kamaytiradi

Qozog‘istondagi siyosiy islohot prezident hokimiyatini kuchaytirib, muxolifat imkoniyatlarini kamaytiradi

Qozog‘istondagi siyosiy islohot prezident hokimiyatini kuchaytirib, muxolifat imkoniyatlarini kamaytiradi — siyosatshunoslar.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 20 yanvarda e’lon qilgan siyosiy islohot rejasiga ko‘ra, ikki palatali parlament tugatiladi va uning o‘rniga bir palatali qonun chiqaruvchi organ tashkil etiladi. Bundan tashqari, vise-prezident lavozimini joriy etish va a’zolari prezident tomonidan tayinlanadigan Xalq kengashini tuzish taklif qilinmoqda. Bu islohotlar umumxalq referendumi orqali tasdiqlanishi kerak bo‘ladi.

The Insider nashriyoti bilan suhbatlashgan siyosatshunoslarning fikricha, taklif etilayotgan o‘zgarishlar mamlakatdagi siyosiy tizimni demokratlashtirish emas, balki prezident nazoratini yanada kuchaytirishga xizmat qilib, muxolifat faoliyatini cheklaydi.

Qozog‘istonlik siyosatshunos Dimash Aljanovning ta’kidlashicha, mazkur o‘zgarishlar siyosiy tizim va qonun ijodkorligi ustidan prezident nazoratini kuchaytirishga, prezident lavozimidan ketgan taqdirda ham o‘zi tayinlaydigan vise-prezident orqali hokimiyatning boshqariladigan tranzit mexanizmini yaratishga qaratilgan.

"To‘qayev Afrikaning ba’zi avtokratiyalari misolida o‘zi tayinlaydigan vise-prezident lavozimini yaratmoqda. Agar u o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqsa u tayinlagan shaxs prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘lishi mumkin. Vise-prezident esa Senat raisidan farqli o‘laroq prezidentga to‘liq bo‘ysunadi", — deya fikr bildirdi siyosatshunos.

Bundan tashqari, yangi tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Xalq kengashi parlamentdan tashqari organ bo‘lib, uning tarkibi to‘liq prezident tomonidan shakllantiriladi hamda unga qonunchilik tashabbusi huquqi beriladi. Ekspertning fikricha, bu organ tugatilayotgan Senatni o‘rnini bosib, prezident tomonidan ilgari surilayotgan qonun va o‘zgarishlarni legitimlashtirish vositasiga aylanishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 16:45. O'qildi: 256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!