Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, 5 may kuni Qozog‘istonning Ust-Kamenogorsk shahrida joylashgan “Kazsink” metallurgiya zavodida yirik portlash sodir bo‘lgan. Korxona hududidagi changni ushlab qoluvchi qurilma portlab, uning ortidan yong‘in kelib chiqqan va ayrim konstruksiyalar qulagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda holat oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 5 kishi jarohatlangan. Ayni paytda voqea joyida 40 nafardan ortiq xodim va 10 ta maxsus texnika texnogen falokat oqibatlarini bartaraf etmoqda.
Ma’mumot uchun, “Kazsink” — Qozog‘istondagi eng yirik rangli metallurgiya korxonalaridan biri bo‘lib, u yerda rux, mis, oltin va kumush ishlab chiqariladi.