Aprel oyida Qozog‘iston uy-joy bozorida birlamchi bozordagi narxlar 0,6%ga, ikkilamchi bozordagi narxlar esa 1,5%ga pasaygan. Ijara to‘lovlari o‘rtacha 0,5%ga arzonlashgan. E’tiborlisi, birlamchi bozordagi narxlarning pasayishi ilk marta, ikkilamchi bozordagi narxlarning tushishi ikkinchi oy ketma ket yuz bermoqda.
Yillik hisobda uy joy narxlarining o‘sishi inflyasiya ko‘rsatkichlaridan yaqqol ortda qolishni boshlagan.
Qozog‘iston uy-joy bozori Markaziy Osiyodagi eng qimmat va ko‘lami katta, shuningdek, qo‘shni Qirg‘iziston va O‘zbekistondagi narxlarga ham ta’sir ko‘rsatuvchi hisoblanadi. Urush boshlangandan keyin bozorda qo‘shimcha talab yaratishni boshlagan rossiyalik qochoqlar mintaqadagi tanlovda ko‘proq Astana, Almati, Chimkent, Toshkent va Bishkekni nisbiy afzallik nuqtai nazaridan solishtirib keladilar.