Bugun 25 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Qozog‘istonda tuya karvoni Ginnes rekordini o‘rnatdi

Qozog‘istonda tuya karvoni Ginnes rekordini o‘rnatdi

Qozog‘istonda tuya karvoni dunyodagi eng uzun karvon sifatida Ginnes rekordiga da’vogarlik qilmoqda. Olmaota viloyatining Oqshi qishlog‘i yaqinidagi dashtda Olmaota - Nur-Sulton avtotrassasi bo‘ylab "Oysilqora" zotli tuyalar qatori 1 km masofaga cho‘zilgan.

Karvonda 1000 ta tuya qatnashib, ular maxsus tayyorlangan 1 kilometrlik yo‘nalish bo‘ylab yurdi. Oldingi jahon rekordi 2022 yilda Xitoyda qayd etilgan bo‘lib, unda atigi 365 ta tuya ishtirok etgandi.

Qozog‘iston ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, rekordni tasdiqlash uchun Angliyadan maxsus tashrif buyurgan Ginnes rekordlar kitobi vakili Richard Stenning karvonning har bir harakatini sinchkovlik bilan kuzatib borgan. Tarixiy voqeadan so‘ng u shunday izoh berdi:

"Men bunday ulkan tuya karvonini birinchi marta ko‘rishim. Qozog‘istonning bu yutuģini nafaqat milliy madaniy meros, balki jahon boyligi deb hisoblash lozim", - dedi u.

Kiritildi: 23:00 21.09.2025. O'qildi: 1259 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!