Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘istonda mahr rasman bekor qilindi

Qozog‘istonda mahr rasman bekor qilindi

Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi Ulamolar kengashi qalinni mahrga tenglashtiradigan fatvo chiqardi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

Endilikda kelin uchun qalin puli to‘langan bo‘lsa, kuyov mahr berishga majbur emas. Qalin amal qilmaydigan hududlarda esa, mahr miqdori nikoh tuzilayotganda belgilanadi. Ushbu qaror nikohdan o‘tayotgan yoshlarga nisbatan moliyaviy yukni kamaytirish va urf-odatlarni islomiy me’yorlarga moslashtirish maqsadida qabul qilingan.

Ulamolarga ko‘ra, qozoq an’anasidagi qalin mahrning barcha xususiyatlarini o‘z ichiga oladi. Kuyov tomonidan beriladigan “ona suti” va “ota mehnati” kabi qo‘shimcha to‘lovlar ham majburiy talablar qatoridan chiqariladi. Bu to‘lovlar mahr hisoblanmaydi va endi ixtiyoriy beriladi.

Kiritildi: 10:55 19.11.2024. O'qildi: 1107 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!