Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Qozog‘istonda KXSHTning “Buzilmas birodarlik” mashg‘ulotlari boshlandi

A A A
Qozog‘istonda KXSHTning “Buzilmas birodarlik” mashg‘ulotlari boshlandi

O‘quvlarda Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston va Tojikiston harbiylari ishtirok etmoqda.

Mashqlar kontingentlarni qayta to‘plash va muvofiqlashtirish hamda tinchlikparvarlik amaliyotlarini o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.

Bu safargi mashg‘ulotlarga polisiya, Milliy gvardiya, xavfsizlik idoralari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham jalb etilgan.

Jami 2000 nafar harbiy xizmatchi, 500 ta zirhli va avtomobil texnikasi, Mi-17, Mi-35 vertolyotlari, Il-76 va Si-295 samolyotlari, uchuvchisiz apparatlar ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 21:35 01.10.2024. O'qildi: 811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!