Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘istonda korrupsioner amaldorlar reestri paydo bo‘ladi

Qozog‘istonda korrupsioner amaldorlar reestri paydo bo‘ladi

Qozog‘iston Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati korrupsioner mansabdor shaxslarning davlat reestrini joriy etish rejasini e’lon qildi. Bu haqda Vlast.kz xabar berdi.

“Reyestrga korrupsiyada aybdor deb topilgan shaxs haqidagi barcha ma’lumotlar kiritiladi. Bu ish beruvchilarga potensial nomzodni halollik bo‘yicha tekshirish imkonini beradi”, — deydi antikorrupsiya xizmati.

Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarning javobgarligini kuchaytirish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, parlamentda pora berish va’dasi va taklifini jinoiy javobgarlikka tortish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

“Pora taklifi deganda og‘zaki yoki yozma, shu jumladan elektron shaklda, pora taklifi haqidagi aniq va tushunarli bildirishnoma tushuniladi. Pora va’dasi esa pora berish vaqti, joyi, usuli to‘g‘risida xabardor qilishni o‘zi ichiga oladi”, — deb tushuntirdi korrupsiyaga qarshi xizmat.
Kiritildi: 11:39 18.09.2023. O'qildi: 1169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!