Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Qozog‘istonda koronavirusga chalingan bemor vafot etdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalingan bemor vafot etdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalingan bemorlardan biri vafot etdi. U ayol kishi bo‘lgan. Bu haqda respublikaning Axborot va ijtimoiy rivojlanish vaziri Dauren Abayev ma’lum qildi, deb yozadi “Sputnik Qozog‘iston”.

“Bugun Qozog‘iston fuqarosi koronavirusdan vafot etdi. Biz oilamiz va do‘stlarimizga hamdardlik bildiramiz, bu og‘ir yo‘qotishdir”, dedi Abayev.

15 aprel kuni Qozog‘istonda koronavirus pandemiyasi tufayli favqulodda holat joriy etildi. Jamoat tartibini himoya qilish kuchaytirildi, ko‘plab savdo ob’ektlari, ko‘ngilochar markazlar, kinoteatrlar, teatrlar va ko‘rgazmalarning faoliyati cheklandi. 28 martdan boshlab Nur-Sulton va Olma-Ota shaharlarida karantin rejimi kuchaytirildi: fuqarolarning uylardan chiqishiga cheklovlar joriy etildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda 109 kishi koronavirus bilan kasallangan.

Kiritildi: 20:26 26.03.2020. O'qildi: 2944 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!