Kaspiy dengizi qirg‘og‘ida Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatidagi Fort-Shevchenko shahri yaqinida 117 ta tyulen jasadi topildi.
Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Baliq xo‘jaligi qo‘mitasi xabar berdi.
"Ural-Kaspiy baliqchilik inspeksiyasi reyd davomida kuchli parchalangan 117 ta tyulen tanasini topdi. Jonivorlar To‘pqorag‘on tumanining Fort-Shevchenko shahridagi "Asan," "Mis Bautin," "Mis Urdyuk" hududlaridan topilgan. Jasadlarning parchalanishiga ko‘ra, topilgan tyulenlar o‘tgan yilning noyabr-dekabr oylarida nobud bo‘lgan," - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, tegishli organ xodimlari tomonidan dengiz qirg‘og‘idan 5 km uzoqlikda yotgan nerpa jasadlari yig‘ib olinib, sanitariya me’yorlariga rioya qilgan holda poligonda yo‘q qilingan.
2024 yil noyabr oyidan beri topilgan o‘lik tyulenlarning umumiy soni 2194 taga yetdi, deya ta’kidladi Baliq xo‘jaligi qo‘mitasi.