Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘istonda ikki yoshli bola 10 dan ortiq magnitni yutib yubordi

Qozog‘istonda ikki yoshli bola 10 dan ortiq magnitni yutib yubordi

Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida ikki yashar bola 11 ta magnitni yutib yubordi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Shifokorlar ikki yoshli bolaning qorin bo‘shlig‘idan 11 dona magnit olib tashladi. Bola 4 fevral kuni shoshilinch ravishda viloyat bolalar shifoxonasiga yotqizilgan. Uning qornida qattiq og‘riq qayd etilgan va qayta-qayta qayt qilgan. Qorin bo‘shlig‘i organlarining rentgenografiyasi bolada noma’lum jism mavjudligini ko‘rsatdi.

“Shoshilinch ravishda murakkab operasiya o‘tkazildi, ichak shikastlanishi aniqlandi. Bolaning oshqozon-ichak traktidan bolalar o‘yinchog‘ining 11 dona miqdorida magnit qismlari ajratib olindi. Aynan ular ichakni shikastlagan va bir-biriga yopishib qolgan”, — dedi viloyat bolalar klinik shifoxonasi jarrohlik xizmati direktori o‘rinbosari Janat Yeluboyev.

Hozir bola reanimasiya bo‘limida. Shifokorlar uning ahvolini barqaror deb baholamoqda.

Kiritildi: 22:50 06.02.2023. O'qildi: 2048 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!