Qozog‘istonda 21 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga energetik ichimliklar sotish taqiqlanadi. Bu haqda Hukumat yig‘ilishida QR Sog‘liqni saqlash vaziri Ajar G‘iniyat ma’lum qildi.
“Sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish uchun tibbiy-sanitariya birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish muassasalarida 452 ta sog‘lom turmush tarzi kabineti, 4608 ta sog‘lomlashtirish maktabi, tamakiga qarshi kurashish kabineti, 157 ta yoshlar sog‘lomlashtirish markazlari faoliyat ko‘rsatib kelyapti. Tamaki iste’molini kamaytirish maqsadida 2023 yil 1 yanvardan boshlab tamaki mahsulotlariga aksiz solig‘i stavkalari oshirildi. “Elektron iste’mol tizimlari (veyplar), aromatizatorlar va ular uchun suyuqliklar muomalasini to‘liq taqiqlash to‘g‘risida”gi qonunga Majilisda o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi. 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga energetik ichimliklar sotishni taqiqlash to‘g‘risidagi normani muhokama qilish tartibi davom etmoqda”, - dedi vazir.