Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida vertolyot halokatga uchradi. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar yong‘inni o‘chirishgan. Mi-8 bortida uch kishi bo‘lgan: ulardan biri vafot etgan, ikki nafari kasalxonaga yotqizilgan.
Qozog‘iston mudofaa vazirligi aviahalokat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
«Vertolyot ekipaji katta tajribaga ega edi va kechayu kunduz qiyin ob-havo sharoitida vazifalarni, shu jumladan, favqulodda vaziyatlardagi harakatlarni bajarish uchun professional tarzda o‘qitilgandi.
Mi-8 vertolyotlari Qozog‘iston Respublikasi mustaqillikka erishganidan beri havo hujumidan mudofaa kuchlarida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bu vertolyotda so‘nggi kapital ta’mir 2023 yilda Olmaotadagi «405-samolyot ta’mirlash zavodi» bazasida amalga oshirilgan», deyiladi Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati bayonotida.