Qozog‘iston polisiyasi xodimlari noqonuniy qazib olishni to‘xtatdi, deb xabar beradi Polisia.kz.
Xabarda aytilishicha, Qozog‘iston polisiyasi nafaqat huquq-tartibot, balki mintaqaning ekologiyasiga ham ehtimoliy xavf tug‘diradigan faoliyatni chekladi.
“Qonun-tartibot” tezkor-profilaktika tadbiri doirasida Sharqiy Qozog‘iston viloyati IIB xodimlari tomonidan noqonuniy kon qazib olish to‘xtatildi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, viloyat tumanlaridan birida 19 nafar xorij fuqarosi va ikki nafar O‘st-Kamenogorsk fuqarosi qo‘lga olingan.
“Ekskavatorlar, buldozer, maydalagichlar va qimmatbaxo metallarni qazib olish uchun boshqa uskunalar, shuningdek, tarkibida oltin va boshqa qimmatbaxo komponentlar borligi aniqlangan metall buyumlar musodara qilindi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumotga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlangan. Tergov noqonuniy faoliyatda ishtirok etgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan 20 dan ortiq shaxs ustidan olib borilmoqda.