Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Qozog‘iston yoqilg‘i narxlarining o‘sishini chekladi

Qozog‘iston yoqilg‘i narxlarining o‘sishini chekladi

AI-92 benzini va dizel yoqilg‘isi narxini oshirishga moratoriy joriy etildi, 2026 yilning birinchi choragi yakuniga qadar kommunal xizmatlar tariflari muzlatildi, narx-navo ustidan nazorat kuchaytirildi hamda imtiyozli ipoteka va avtokreditlar hajmi bir necha barobarga oshirilishi ma’lum qilindi.

Qozog‘istonda 16 oktyabrdan boshlab AI-92 markali benzin va dizel yoqilg‘isi narxlarining oshirilishiga vaqtinchalik taqiq joriy etiladi. Cheklovlar inflyasiya darajasi barqarorlashgunga qadar amalda bo‘ladi. Bu haqda Qozog‘iston hukumatining Telegram kanali ma’lum qildi.

Qaror davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayevning topshirig‘i asosida qabul qilingan bo‘lib, u makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashi va iqtisodiy islohotlarning salbiy oqibatlarini yumshatishi lozim.

Bosh vazir O‘ljas Bektenov Energetika vazirligi, monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi va viloyatlar hokimliklariga moratoriyga rioya etilishini nazorat qilish hamda bozorni yoqilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlashni kuzatib borishni topshirdi.

Kiritildi: 22:28 16.10.2025. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!