Qozog‘iston Tojikistonning 2028–2029 yillar uchun BMT Xavfsizlik Kengashiga nodoimiy a’zo bo‘lish nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi.
Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Tojikiston yetakchisi Emomali Rahmon bilan Ostonada o‘tkazilgan muzokaralar yakunida ma’lum qildi.
"Qozog‘iston Tojikistonning BMT Xavfsizlik Kengashiga nodoimiy a’zolikka nomzodini ijobiy qabul qildi va albatta uni qo‘llab-quvvatlaydi", — dedi To‘qayev.
Qozog‘iston prezidenti Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishi mintaqa xalqlarining umumiy manfaatlariga xizmat qilishini ta’kidladi.
Uchrashuvda tomonlar mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.