Qozog‘iston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Ali Aliyev "Qayrat" klubining 16 yoshli tarbiyalanuvchisi Dastan Satpayevning Londonning "Chelsi" klubiga o‘tishi haqida fikr bildirdi.
"Dastan o‘zining jismoniy imkoniyatlari va genetikasi bilan Yevropa standartlariga mos keladigan atlet bo‘lib, to‘g‘ri yondashuv bilan undan yuqori darajadagi futbolchi yetishtirish mumkin. Dastan Qozog‘iston fuqaroligiga ega bo‘lgani uchun hozircha xalqaro maydonda yetarlicha e’tibor qozonmagan, ammo kelajakda u "Real Madrid"ning turk futbolchisi Arda Gyuler va braziliyalik Endrik kabi o‘yinchilar bilan raqobatlasha oladi" - dedi Aliyev.
Ma’lumot uchun, Dastan Satpayev "Chelsi"ga 4,3 million yevro evaziga o‘tdi va bu Qozog‘iston futboli tarixidagi eng qimmat transfer bo‘ldi.