Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri tibbiyot xodimlariga qarshi zo‘ravonlikni to‘xtatishni chaqirdi

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri tibbiyot xodimlariga qarshi zo‘ravonlikni to‘xtatishni chaqirdi

Akmaral Alnazarova hayratga soluvchi voqealarni eslatib o‘tib, Kostanayda jarrox reanimasiyaga tushganini, Qoraqalpog‘istonda esa hamshiraning barmoqlari singanini aytdi.

«Har kuni odamlarning hayotini qutqargan kishiga qo‘l ko‘tarmoq uchun qanday darajada qattiq qalbsizlik va agressiyaga ega bo‘lish kerak?» – deb qattiq norozilik bildirdi u.

Vazir tinch vaqtda shifokorlarning ish joyida o‘z hayotlari uchun xavf ostida bo‘lishini qabul qilib bo‘lmas deb atadi.

«Bu jinoyat — minglab bemorlarning qabul qilinmasligi, minglab operasiyalarning kechikishi, bu butun tizimga bevosita zarba», — deb ta’kidladi Alnazarova.

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri tibbiyot xodimlariga hujum qilganlik uchun jazo kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar sentyabrda parlamentga taqdim etilishini, shuningdek, shifoxona qabulxonalarida xavfsizlik postlari kuchaytirilishini bildirdi.

Zarar ko‘rgan shifokor tez yordam samolyoti yordamida Milliy favqulodda tibbiyot markaziga olib boriladi va keyingi davolash jarayoni o‘sha yerda amalga oshiriladi, deb qo‘shimcha qildi Alnazarova.

Kiritildi: 09:33 18.07.2025. O'qildi: 472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!