Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Yamanlik husiylarning Saudiya Arabistonidagi fuqarolik infratuzilmasiga qilgan hujumlarini qoraladi, bu hujumlar o‘lim va jarohatlarga olib keldi.
"Bunday hujumlar gumanitar nuqtai nazardan qabul qilinishi mumkin emas va xalqaro huquqni buzadi", deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Vazirlik shuningdek, bunday harakatlar Yamandagi vaziyatni barqarorlashtirishga va mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilishga to‘sqinlik qilishini ta’kidladi.
"Qozog‘iston Saudiya Arabistoni Qirolligi bilan birdamligini bildiradi va BMT Nizomiga muvofiq o‘z suvereniteti va xavfsizligini himoya qilish huquqini yana bir bor tasdiqlaydi", deb ma’lum qildi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi.
Qozog‘iston hujumlarni zudlik bilan to‘xtatishga va inqirozni siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan hal qilishga chaqirdi.
Dam olish kunlari husiylar Saudiya Arabistoni poytaxtidagi Qirol Xolid xalqaro ayeroportiga ikki marta hujum qilishdi. Birinchi havo hujumi kamida 13 kishining hayotiga zomin bo‘ldi va 300 dan ortiq odam yaralandi. Mamlakat Fuqaro aviasiyasi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, ikkinchi havo hujumi bir kishining hayotiga zomin bo‘ldi va 11 kishi yaralandi.