Ostona bu cheklovlarni qo‘llab-quvvatlamasada, Qozog‘iston hududidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun foydalanishga qarshi. Bu haqda respublika tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roman Vasilenko Polshaning PAP agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Qozog‘iston Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmadi. Shu bilan birga, biz hududimiz sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun ishlatilishini istamaymiz», — dedi diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ostona pozisiyasi barcha manfaatdor tomonlarga "ma’lum va tushunarli" va unga Rossiyada ham, G‘arbda ham tushunishmoqda. Vasenkoning ta’kidlashicha, respublika "ikkilamchi sanksiyalarni joriy etishni istamasligi" sababli sanksiyalarni chetlab o‘tmaslik uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Uning ta’kidlashicha, Ostona va Moskva o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarda "muammolar yo‘q," ammo "turli masalalar" mavjud, chunki ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi munosabatlar "juda xilma-xildir."