Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Qozog‘iston Rossiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi fuqarolari uchun kirish qoidalarini kuchaytiradi

Qozog‘iston Rossiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi fuqarolari uchun kirish qoidalarini kuchaytiradi

2027 yil 1 iyuldan mamlakatga kirish uchun elektron ruxsatnoma olish talab etiladi.

Qozog‘iston 2027 yil 1 iyuldan bir qator davlatlar, jumladan, Rossiya, AQSH, Germaniya va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari fuqarolari uchun elektron ruxsatnoma olish talabini joriy etadi. Ushbu hujjatsiz mamlakatga kirish rad etiladi.

Bu haqda Qozog‘istonning Zakon axborot portali 10 oktyabrda qabul qilingan hukumat qaroriga tayanib xabar berdi.

Yangi tartibga ko‘ra, sayohatchilar mamlakatga kirishdan kamida 72 soat oldin QazETA onlayn portali orqali ariza topshirishi kerak bo‘ladi. Elektron ruxsatnoma bepul rasmiylashtiriladi va 180 kun davomida amal qiladi.

Avvalroq Qozog‘istonga vizasiz rejim asosida keladigan Rossiya va boshqa davlatlar fuqarolari uchun elektron ruxsatnoma olish talabi 1 noyabrdan boshlab joriy etilishi haqida xabar berilgan edi. Ushbu talab samolyotda keluvchi yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanilishi kutilgandi.

Biroq Qozog‘iston rasmiylari yangi tartibning dastlabki bosqichlarini aniqlashtirdi.

Jumladan, noyabr oyidan boshlab Aqtau aeroportida va to‘rtta avtomobil o‘tkazish punktida yo‘lovchilarga elektron ruxsatnoma olish zarurati tushuntiriladi. Bu bosqichda ruxsatnoma yo‘qligi sababli mamlakatga kirish rad etilmaydi.

2027 yil yanvaridan boshlab shunday choralar Ostona va Olmaota aeroportlarida ham amalga oshiriladi. Bu yerda ham dastlab elektron ruxsatnoma mavjud emasligi uchun kirishni rad etish nazarda tutilmagan.


Kiritildi: 22:10 15.10.2026. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!