Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Qatarga bordi

A A A
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Qatarga bordi

Dohadagi Hamad xalqaro aeroportida Qozog‘iston Prezidentini Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy kutib oldi. Samolyot trapi oldida Faxriy qorovul rotasi saf tortdi. Bu haqda Aqorda matbuot xizmati xabar beradi.

Marosimdan so‘ng davlat rahbarlari aeroportning faxriy zalida qisqacha fikr almashdilar.

Ertaga, 14 fevral kuni Qasim-Jomart Toqayev Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy va Bosh vazir Shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Muzokaralar yakunida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Prezident Qozog‘iston-Qatar sarmoyaviy davra suhbatida ham ishtirok etadi va Qatar biznesi yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Kiritildi: 21:47 13.02.2024. O'qildi: 1079 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!