Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Qozog‘iston prezidenti sun’iy intellekt uchun axloqiy tamoyillarni ishlab chiqishni taklif qildi

Qozog‘iston prezidenti sun’iy intellekt uchun axloqiy tamoyillarni ishlab chiqishni taklif qildi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev sun’iy intellekt uchun axloqiy tamoyillarni ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro komissiya tuzishni taklif qildi.

To‘qayev chorshanba kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilarining VIІI qurultoyida shunday taklif bilan chiqdi.

"Gap inson qadr-qimmatini hurmat qilish va taqdiriy xarakterga ega bo‘lgan qarorlarni qabul qilishda kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligini anglatuvchi o‘ziga xos "algoritmlar bo‘yicha buyruqlar" haqida bormoqda", — dedi To‘qayev.

"U sun’iy intellekt, biometrik ma’lumotlar, bioinjeneriya va boshqa inqilobiy texnologiyalar rivojlanish sohasini tez o‘zgartirayotganini eslatdi. Ammo axloqiy tamoyillar taraqqiyotning yuqori dinamikasiga moslashishga ulgurmaydi", — dedi prezident.

To‘qayevning fikricha, tanlash erkinligi va shaxsiy hayotning daxlsizligi, raqamli tenglik va xavfsizlik, sun’iy intellekt va boshqa ko‘plab texnologiyalardan foydalanish yangi muammolarga aylandi.

Davlat rahbari ma’naviyat peshvolari, olimlar va muhandis-texnologlarning doimiy muloqoti orqaligina bu qiyinchiliklarga qarshi turish mumkinligini ta’kidladi.

Kiritildi: 17:10 17.09.2025. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!