Hujjatda birinchi prezident Nursulton Nazarboyev va uning xalq va davlat idoralariga tashqi siyosat tashabbuslarini taqdim etish bo‘yicha umrbod huquqi haqidagi har qanday eslatma butunlay olib tashlandi.
Bundan tashqari, ushbu konsepsiya yangi Konstitusiyaga moslashtirildi. Xususan, "fuqaro" atamasi "Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi" ga o‘zgartirildi, "Mustaqillik" va "Suverenitet" bosh harf bilan yoziladi va "Parlament" so‘zi "Qurultay" bilan almashtirildi.